20 May 2024 yil 1318

“Ajdodlar izidan” intellektual oʻyinida Navoiy viloyati IIB jamoasi gʻolib boʻldi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan, Markaziy harbiy okrugiga qarashli Navoiy garnizoni, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyinining viloyat bosqichi oʻtkazildi. Unda kuch tuzilmalardagi harbiy qism va muassasa yosh xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Milliy davlatchiligimiz tarixini yoshlar ongida mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan intellektual oʻyinda jamoalar oʻzlari mutoalaa qilgan kitoblardan tuzilgan savollarga tezkorlik va aniqlik bilan javob berishdi. 

Tanlov ishtirokchilari “Temur tuzuklari”, Said Axmadning “Ufq”, Mirmuxsinning “Xoʻjand qalʼasi” va Odil Yoqubovning “Ulugʻbek xazinasi” kitoblaridan tuzilgan savollar asosida oʻzaro kuch sinashgan jamoalar orasida Navoiy viloyati IIB jamoasi gʻolib boʻldi. 

Gʻolib boʻlgan jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi hamda respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech