"Barqaror turmush" oyligi doirasida Zarafshon shahrida ham keng qamrovli profilaktik ishlar amalga oshirildi
Viloyat IIB JXX HPB mas'ul xodimlari hamda Zarafshon shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar bilan hamkorlikda oylik doirasida hududda bir qator salmoqli ishlar amalga oshirildi. Dastlab,ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz fuqarolar holidan xabar olindi. Turmush oʻrtogʻi uzoq muddatga ishlash uchun ketgan xotin-qizlar, farzandlari vasiylik va homiylikka olingan oilalarning holidan xabar olindi. Ijtimoiy ahvoli va muammolari oʻrganildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Shuningdek, mahalla faollari bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning mavjud muammolari o‘rganilib, ijtimoiy-moddiy qo‘llab quvvatlash, bandligini ta’minlashmaqsadida, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi. 20 ga yaqin tashkilot va korxonalar 135 ta ish oʻrinlari bilan ishtirok etgan ushbu mehnat yarmarkasida jami 65 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi. 25 nafar xotin-qizlarga doimiy ish oʻrinlari uchun yoʻllanmalar berildi. Targ‘ibotlar davomida tadbirkorlik qilish istagini bildirgan va bir oy davomida kasb-hunarga oʻqitilgan ishsiz xotin-qizlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati