15 Oktyabr 2024 yil 70

Xatirchi tumanida nizoli oilalar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi

Navoiy viloyati IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar boshchiligida Xatirchi tumani “Mustaqillik” mahallasidagi nizoli oilalar bilan suhbat olib borildi. Jarayonda oila a’zolarining muammolari, nizo sabablari o‘rganilib bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama etildi. Shuningdek, uchrashuvda ko‘p yillik hayotiy tajribaga ega nuroniylar ham ishtirok etib, oilaning nechog‘lik muqaddas ekanligi, uning osoyishtaligi farzandlar kamolotida muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi. Profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari samarasi o‘laroq shu kuni 4 nafar oiladagi er-xotin va qaynona-kelinlar yarashtirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech