1 Noyabr 2024 yil
1993
Xatirchi tumanida voyaga yetmaganlar bilan profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi
Xatirchi tumani IIB JXX HPB xodimlari tomonidan yoshlar ishtirokidagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar bilan targ‘ibot yig‘ilishlari tashkil etildi. Unda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan qonun buzilish holatlari muhokama etilib, salbiy oqibatlari tushuntirildi. Bundan tashqari, profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashildi. Oiladagi tarbiyada bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, maktab ma’muriyati bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligini ta’kidlandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati