24 Iyul 2024 yil 1952

Xatirchi tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilayotgan “Turmush” profilaktik tadbirlari davomida fuqarolarning oila-turmush doirasidagi muammolari oʻrganilmoqda 

“Turmush” profilaktik tadbiri davomida tumanning “Tamabaxrin” va “Toshquloq” hamda “Paxtakor” MFYlarda yashovchi fuqarolar xonadonlariga borilib profilaktik suhbat oʻtkazildi. 

Shuningdek mazkur mahallalarda oʻzlarining oilaviy nizolari bilan mahalla faollariga murojaat qilgan hamda ajrim yoqasidagi oilalar bilan alohida suhbatlar olib borilib,  janjal va kelishmovchiliklarning sabab va omillari oʻrganildi. Kelgusida biror bir jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olish maqsadida profilaktik tushuntirish ishlari oʻtkazildi. Shuningdek, yaqin qarindoshlar oʻrtasida mol-mulk masalasidagi oʻzaro oilaviy nizolar ham muhokama etilib tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrayotganlarga nisbatan himoya orderi rasmiylashtirilib berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: