13 May 2025 yil
256
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirlari davomida yana bir qonunbuzarlik holati aniqlandi
Samarqand muntazam YPX maskanida Toshkent-Xorazm yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan "Lada" rusumili avtomashina to‘xtatilib, tegishli hujjatjlari ko‘zdan kechirilishi jarayonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan toshkentlik 29 yoshli fuqaro shubhali hatti-harakatlari tufayli kinologlar tomonidan tekshirildi. Tekshiruvlar davomida mazkur fuqaroga tegishli qora rangli osma sumkaning cho‘ntagida 1,09 gr o‘tkir hidli, saqichsimon "gashish" giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.
Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati