27 Aprel 2024 yil 1353

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov boshchiligidagi ishchi guruhi viloyat Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida boʻldi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov Navoiy viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurib Navoiy temir yoʻl vokzalida xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati bilan tanishdi. Soʻngra boshqarma xodimlari bilan uchrashib bugungi kunda Ichki ishlar organlari sohasida olib borilayotgan oʻzgarishlarga barcha xodimlar birgalikda Vatan ravnaqi yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilishlari lozimligi taʼkidlanib,  xodimlarning xizmat intizomiga rioya qilishlari toʻgʻrisida kerakli koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, temir yoʻl vokzalida yoʻlovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib ayrim kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berdi. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech