9 Fevral 2024 yil 3711

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov raisligida Navoiy viloyati IIB xodimlari bilan sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi

Ichki ishlar vaziri o`rinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov raisligida Navoiy viloyati IIB xodimlari bilan sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi. Dastlab, viloyat ichki ishlar organlarida oʻtgan 2023-yil davomida bajarilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan shahar-tuman IIB boshliqlari hisobotlari tinglandi. 

Soʻngra viloyatning  oʻrganilgan Navoiy va Zarafshon shahri,  Karmana, Navbahor hamda olis Konimex, Uchquduq tumanlaridagi oʻrganishlar boʻyicha  xulosalar berildi. Mazkur hududlarda fuqarolar bilan ishlash, profilaktik ishlashni yangicha tartibini joriy etish, shuningdek,  kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida  mahalla masʼullari hamda boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik oʻrnatish boʻyicha muhim iavsiyalar berildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan jiddiy kamchiliklar tez fursatda bartaraf etilishi zarurligi taʼkidlandi. Tadbir yakunida kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan ishlar, amalga oshirilishi muhim vazifalar belgilab olindi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot  xizmati

Text to speech