25 Aprel 2024 yil 789

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Navoiy viloyatidagi 7532 harbiy qism xizmatchilari hamda 5-son jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumlar bilan uchrashdi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan suhbatlashdi. Unda jangovar xizmatni tashkillashtirish, oʻtkazilayotgan maxsus amaliy tayyorgarlik mashgʻulotlarini jadallashtirish, qoʻriqlash ishiga jalb etilgan harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni jangovar xizmatga tayyorlash yuzasidan bir qator vazifalar berildi. Tashrif davomida, harbiy xizmatchilarning mavjud muammolari oʻrganildi. Shuningdek, xizmat intizomiga soʻzsiz amal qilishlari, harbiy xizmatchi oʻz ustida tinimsiz ishlashi, dunyoqarashi va jismoniy qobiliyatini mukammallashtirishi borasida oʻz tavsiyalarini berdi.

Vazir oʻrinbosari navbatdagi manzil yoʻnalishi boʻyicha 5- son jazoni ijro etish muassasasida boʻldi. Muassasada shaxsiy tarkib va mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi. Oʻrganishlar davomida mahkumlar bilan ham suhbatlashib kaloniyada yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, kasb-hunar oʻrganish, kelgusida jamiyat uchun foyda keltiradigan, oʻz oʻrniga ega boʻlgan shaxs boʻlib yetishish lozimligini taʼkidlandi. Oʻz oʻrnida mahkumlar ham yangi biznes loyihalari bilan ishtirok etdi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech