Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Y.Mirzarahimov viloyat Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqaramasi xodimlari bilan uchrashdi
Vazir oʻrinbosari "Tinchlik" lokomativ deposida viloyat Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqaramasi xodimlari hamda temir yoʻl ishchi xizmatchilari bilan uchrashdi. Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar temir yoʻl bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning sodir boʻlishidagi sabab va shart-sharoitlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlarini temir yoʻllarda piyodalarning belgilanmagan joydan kesib oʻtish holati, talon-taroj qilish, oʻgʻirlik jinoyatlarining oʻtgan 2023-yildagi koʻrsatkichlari tahlil etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning muammo va murojaatlari yuzasidan suhbatlashildi. Soha rivoji hamda jinoyatchilikkka qarshi kurash yoʻlidagi samarali xizmati uchun bir guruh xodim va ishchilar eʼtirof etilib qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati