15 Mart 2024 yil 2650

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor D.A.Nazarmuxamedov Navbahor tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Tashrif davomida general-mayor D.A.Nazarmuxamedov viloyatning Navbahor tumaniga bordi. Tumandagi oʻrganishlari davomida navbahorlik tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi. 

Jumladan, shu tumanning tadbirli ishbilarmonlaridan biri Shaxriyor Ismoilovning issiqxona va chorvaxonasiga borib u yerda amalga oshirilayotgan ishlar, masalan, tomorqaning texnik-melioratsiya hamda yangi agrotexnikalarni qoʻllash jarayonlari bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan tadbirkor ayni damda chorvachilik va issiqxona orqali tuman yoshlarini bandligini taminlashga hissa qoʻshayotganini taʼkidladi. Oʻrganishlar chogʻida mutasaddilar bilan kelgusida hududdagi yoshlarni ish bilan taʼminlash, kichik tadbirkorlikni rivojlantirishida koʻmaklashish kabi masalalarda suhbatlashildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech