15 Mart 2024 yil 2813

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor D.A.Nazarmuxamedovning oʻrganishlari Nurota tumanida davom ettirildi

Vazir oʻrinbosarining Nurota tumanidagi oʻrganishlarining avvalida jinoyatchilarni ushlash chogʻida jasorat koʻrsatib mardlarcha halok boʻlgan mayor Olimjon Jabborov xonadoniga borishdi. Oila aʼzolari bilan suhbatlashib marhumning haqqiga duo qildilar. 

Keyingi manzil tumanning Gʻafur Gʻulom mahallasi boʻldi. U yerda mahalla yettiligi bilan hududning kriminogen vaziyati, fuqarolar bilan ishlash, ularga ijtimoiy-moddiy koʻmaklashish, ayollar va voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi rejalar haqida suhbatlashdi. Shuningdek, masʼullar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha eʼtibor qaratilishi lozim jihatlar boʻyicha tavsiyalar berildi hamda mahallada tashkil etilgan “Uch avlod maskani”, sport maydonchalari bilan tanishdi, mahalla faollari va nuroniylar bilan koʻrishdi. Bundan tashqari mahallani kameralashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Oʻrganishlar tuman IIBda davom etdi. Tashrif chogʻida boʻlimning navbatchilik qismi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, bunda tezkor-tergov guruhi faoliyatini qay darajada tashkil etilganini guvohi boʻldi. Aksariyat kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berildi.  

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech