22 Sentyabr 2025 yil 792

Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Qiziltepa tumanidagi 41-umumta’lim maktabida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan Qiziltepa tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati oshirish ularni qonunga itoatkorlik va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shuningdek maktablarda oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida bir qator samarali ishlar tashkil etilmoqda. Ta’lim muassasasidagi bu galgi tadbirda ham Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i o‘quvchi-yoshlarning orzu va rejalari bilan o‘rtoqlashdi.  O‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. 

Shundan so‘ng mutasaddilar tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida hamda voleybol sport musobaqasida ham ishtirok etib, o‘quvchilarning kelgusidagi o‘qishlarida omad va zafarlar tiladi. 

Shu kuni maktab o‘quvchilari "Yashil chiroq musobaqasi" hamda yo‘l harakati qoidasi bilimdoni viktorinasiga ham katta tayyorgarlik ko‘rishgan. Mazkur ko‘rik-tanlovda o‘zining bilim salohiyatini namoyon etib g‘olib bo‘lgan yoshlar mas’ullar tomonidan taqdirlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech