22 Oktyabr 2024 yil 90

IIV Akademiyasi o`qituvchilari va boshqa mas’ullardan iborat ishchi guruh otaliqqa olingan maktablarda o‘rganishlar olib bordi

IIV Akademiyasi o`qituvchilari va boshqa mas’ulllardan iborat ishchi guruh otaliqqa olingan maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. Dastlab, Karmana tumani IIBga biriktirilgan 11-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mutasaddilar tadbir davomida ona Vatan rivojiga munosib hissa qo‘shish, bilim olish va kasb egallashda yaratilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish lozimligini ta’kidladilar. Bundan tashqari, kelgusida oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish bo‘yicha o‘quvchilarga yo‘nalishlar taklif etildi. 

So‘ng, Navbahor tumanida ichki ishlar organlariga biriktirilgan 31-maktab o‘quvchilari bilan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Ular bilan ham kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashilib, savollariga javob berildi. 


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech