IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va Navoiy viloyati IIBning sohaviy xizmatlari rahbarlari tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman IIB boshliqlari uchun qisqa muddatli sayyor o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishi hamda Navoiy viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja-dasturga ko‘ra “Navoiy viloyati tuman-shahar ichki ishlar organlari rahbarlarining jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, mahalla jinoyatchiligini barvaqt oldini olish hamda energetik xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etishga oid bilimlarini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari va Navoiy viloyati IIBning sohaviy xizmatlari rahbarlari tomonidan viloyatdagi barcha shahar-tuman IIB boshliqlari uchun qisqa muddatli sayyor o‘quv mashg‘ulotlarining 4-bosqichi o‘tkazildi.
Uch kun davom etgan va onlayn tarzda masofadan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotining dastlabki kunida IIV Akademiyasi Jinoyat huquqi kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan mamlakatimiz rahbarining “2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori talablari yuzasidan bilim va ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, “Energiya xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi davlat nazoratini tashkil etish, energiya resurslarini iqtisod qilishda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishning yangi mexanizmlari”, “Hududlarda yo‘l harakati xavfsizligini samarali tashkil etish hamda yo‘l-transport hodisalarini oldini olishda hamkorlikdagi chora-tadbirlar” mavzularida ma’lumotlar yetkazildi.
Mashg‘ulot so‘ngida shahar-tuman IIB boshliqlariga mustaqil o‘qishlari uchun o‘quv materiallari berilib, bosqich yakuni bo‘yicha test sinovlari olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati