17 Sentyabr 2024 yil 682

IIV mas’ul xodimi ishtirokida Navoiy viloyati IIBda tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalq manfaatlari va fuqarolar huquqlarini ishonchli himoya qilishda ichki ishlar organlari faoliyati alohida ahamiyatga ega. 

Navoiy viloyati IIBda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari, Ekspert-kriminalistika bo‘limi xodimlari ishtirokida qonuniylikni ta’minlash, xizmat intizomiga rioya qilishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’sul xodimi, podpolkovnik Gʻ.K.Nabiyev so‘zga chiqib, xodimlar faoliyatida, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha ma’lumot berdi. 

Yig‘ilish davomida tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga alohida to'xtalib o'tilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga muhim topshiriqlar berildi. Tadbir so‘ngida mas'ullarga kun tartibidagi masalalarning ijrosini sifatli ta’minlash vazifasi yuklatildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech