6 May 2024 yil 1467

IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari uchun viloyat IIB psixologlari tomonidan o`quv-trening oʻtkazildi 

Ichki ishlar vazirligi Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari oʻrtasidagi maʼnaviy-ruhiy muhitni oʻrganish hamda ularning oʻquv jarayoni va mashgʻulotlardan tashqari vaqtlarda ruhiy-emotsional barqarorligini saqlashga doir seminar-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

Seminar-treningdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻquvchi yoshlarining psixologik bilim saviyasini oshirish, ruhiy salomatligini taʼminlash, litsey jamoasi oʻrtasida  ijobiy muhitni targʻib etish boʻldi. Jismoniy rivojlanishga eʼtibor berilgani kabi, yosh avlodning ruhiy taraqqiy etishiga ham zamin yaratish lozim. Zero, daraxt ildizi qancha baquvvat boʻlmasin agar ichini qurt yemirib, kovak qilgan boʻlsa uning koʻkarib barg yozishi dargumon. Demak, yosh avlodni har tomonlama kuchli, baquvvat, barkamol qilib voyaga yetkazishga barchamiz masʼulmiz.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech