10 Oktyabr 2024 yil 798

IIV Navoiy akademik litseyi o`quvchisi sportning sambo turi bo`yicha o`tkazilgan O`zbekiston kubogida birinchilikni egalladi

IIV Navoiy akademik litseyida sport bilan muntazam shug`ullanadigan va buning ortidan respublika hamda xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatga erishayotgan o`quvchi-yoshlar bisyor. Sambo sporti ishqibozi Parizoda Mustafoeva  ana shunday yoshlardan biri. U yaqinda Nukus shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston kubogida 80 kilogramm vazn toifasida qizlar o`rtasida faxrli 1-o`rinni egalladi. O`z vazn toifasi bo`yicha g`oliblar qatoridan joy olgan sambo malikasi Parizoda Mustafoevaning kelgusi musobaqalarida omad tilaymiz!

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech