30 Aprel 2024 yil 2089

IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida kitobxonlik tanlovi boʻlib oʻtdi

Kitob — insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbaidir. Unga mehr qoʻyib yaqin boʻlgan kishi doim ulugʻvorlikka erishgan. IIV Navoiy akademik litseyida oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularning maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida kitobxonlik tanlovi tashkil etildi.

Mazkur koʻrik tanlov “Ajdodlar merosi bilimdoni” deb nomlanishida ham ramziy maʼno bor. Tanlov ishtirokchilaridan iborat oʻquvchi-yoshlar ajdodlarimiz hayoti va ijodiga oid turli savollarga tezkorlik bilan aniq va ravon javob berishi orqali oʻzlarini nechogʻlik kitob ixlosmandi ekanliklarini isbotlashdi. Malakali pedagog va tarixchilar jamoasi hayʼat aʼzosi sifatida ularning bilim darajalarini baholab bordilar.  Natijalarga koʻra 3-oʻrinni 202-guruh oʻquvchisi Muhriddin Savriddinov, 2-oʻrinni 103-guruh oʻquvchisi Doston Mardonovlar egalagan boʻlsa, tanlovning bilimdon kitobxoni sifatida 205-guruhda taʼlim olayotgan Dilshod Raxmonov tan olindi. Tanlov gʻolibi keyingi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech