4 Mart 2024 yil 3229

IIV Navoiy akademik litseyida oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, OIV hamda OITga hamda giyoxvandlikka qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbiri tashkil etildi

Tadbirda Navoiy viloyati IIB masʼul xodimlari, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda litsey oʻquvchilari tomonidan OITS kasalligi va giyohvandlikka qarshi kurashishda yurtimizda olib borilayotgan ishlar, ularning huquqiy asoslari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, tadbirda giyohvandlik, alkogolizm, nosogʻlom hayot tarzi kabi salbiy illatlarning ayanchli oqibatlarini aks etgan videorolik namoyish etildi. 

Mutaxassislar tomonidan oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, targʻibot bukletlar tarqatildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech