4 Noyabr 2023 yil 829

IIV Navoiy akademik litseyida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

 Ma’lumki, ichki ishlar tizimida xodimlarning jismoniy va jangovar tayorgarligini oshirish, muntazam sport bilan shug‘ullanishi qolaversa kasbiy bilimlarini oshirish maqsadida mazkur oy “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” etib belgilandi.  Xususan,  IIV Navoiy akademik litseyida  “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi”  munosabati bilan yoshlarni tafakkurini  o‘stirish, ma’naviy  yuksaltirish  maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda litsey o‘quvchilari, Qorovul qo‘shinlariga qarashli 7532-harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda 523-SCHR  askarlari ishtirok etishdi. Qizg‘in munozara va bahslarga boy bo‘lgan o‘yinda litseyning  “Interpol” terma jamoasi g‘olib bo‘ldi. Tadbir yakunida o‘yinda ishtirok etgan barcha jamoalar munosib ishtiroki uchun taqdirlandilar.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech