9 Aprel 2025 yil 1809

IIV Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini tingladi

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Jalolov Xatirchi tumani aholisining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini o‘rgandi.

Sayyor qabul davomida, tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishlari va materiallar yuzasidan murojaat qilgan 9 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, muammolari o‘rganildi. Shundan 5 nafar fuqarolarning muammolari ijobiy hal etilib, qonuniy yechimini topdi.

Shuningdek, Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari har bir murojaatni tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish, fuqarolarning ortiqcha ovvoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini o‘z nazoratiga oldi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech