9 Oktyabr 2024 yil 940

IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i, polkovnik Sharof Uralov Navoiy viloyatiga tashrifi davomida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i, polkovnik Sharof Uralov Navoiy viloyatiga tashrifi davomida dastlab, Karmana tumanining "Mirsaid Bahrom" hamda "Beshkent" MFYlarida bo‘lib, yettilik faoliyati hamda hududdagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, mahallani raqamlashtirishga oid ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mahallada tashkil etgan sayyor qabulda ham ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi. O‘z o‘rnida, muammolarni ijobiy hal etishga qaratilgan muhim tavsiyalarini berdi. 

O‘rganishlarning keyingi manzilida tashrif ishtirokchilari Qiziltepa tumani IIB Probatsiya guruhi xodimlari bilan uchrashib, muqaddam berilgan 34 ta topshiriqning ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech