12 Mart 2025 yil 448

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Navbahor tumanida “Ichki ishlar bog‘i” yaratildi

Yashil makon-nafaqat tabiat, balki kelajak uchun investitsiya. Daraxt ekib bog' yaratish esa  azaliy qadriyatga aylanib ulgurgan ezgu ish sanaladi. Loyiha doirasida amalga oshirilgan navbatdagi tashabbusda Navoiy viloyati IIB xodimlari jonbozlik ko‘rsatishdi. Navbahor tumanining "Qorajon" mahallasida 4 gektar maydonda ichki ishlar bog‘ini yaratish uchun yo‘lga chiqqan osoyishtalik posbonlari o‘zlari bilan 5 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini olishdi.

Erta bahorning quyoshli va salqin kuni yashillik tarafdorlari uchun ayni muddao bo‘ldi. Dastlab, tomorqa yeri chiqindilardan tozalanib, tekislandi. Hudud tuprog‘ining holati hisobga olinib chidamli va manzaraga boy ko‘chatlar tanlandi.

Ko‘pning ishi-ko‘pga borar deganlaridek, xodimlarning birgalikda o‘tqazgan ko‘chatlari kun kelib katta bog‘ga aylanishi shubhasiz. Zero, birdamlik va hamjihatlikning mevasi shirin, natijasi ulug‘vor.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech