7 Noyabr 2023 yil 804

Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi doirasida Qiziltepa tumani IIB xodimlari bilan oʻquv-taktik mashgʻulotlari tashkil etildi

  Qiziltepa tumani IIB xodimlarining hushyorligini oshirish, maxsus tezkor rejalar asosida harakatlanish koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida Navoiy viloyati IIBning masʼul xodimlari tomonidan “Yigʻin” tadbiri tashkil qilinib,  xodimlarning tashvishgoh chemodanlari koʻrikdan oʻtkazildi. Saf koʻrigi davomida  aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha xodimlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, shaxsiy tarkibni jangovar shayligini oshirish, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish va boshqa maxsus-tezkor tadbirlar boʻyicha oʻquv amaliy mashgʻuloti ham tashkil etildi. Mashgʻulotdan soʻng xodimlarning tana vazni oʻlchanib, toʻsinda tortinish, qurolni toʻliq va toʻliqsiz qismlarga ajratish hamda ular bilan saf tayyorgrlik mashgʻulotlari oʻtkazildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech