Qiziltepa tumani IIB MvaFR boʻlinmasi xodimlari tomonidan bayram munosabati bilan bir guruh yoshlarga ID kartalari tantanali ravishda topshirildi
Qiziltepa tumani IIB MvaFR boʻlinmasi xodimlari hudud fuqarolariga roʻyxatga qoʻyish, chiqarish, ID va chet yelga chiqish pasportlarini rasmiylashtirishda yaqindan koʻmaklashmoqda. Birgina joriy yilda, Qiziltepa tumani IIB MvaFRB tomonidan jami 18 761 nafar fuqarolarga identifikatsion ID-kartalari rasmiylashtirilib berildi. Bundan tashqari fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 46 nafar keksalar va mustaqil harakatlanishi cheklangan shaxslarning yashash xonadonlariga borilib ID kartalari topshirildi.
Shuningdek, ayni paytda fuqarolarining biometrik pasportlari hamda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini identifikatsiya ID -kartalariga almashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining 33 yilligi munosabati bilan esa Qiziltepa tumani IIB boshligʻi tomonidan tuman hududida yashovchi 8 nafar 16 yoshga toʻlgan yoshlarga hamda 1 nafar fuqaroligi boʻlmagan Parvina Hafizovaga ID -kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati