28 Noyabr 2024 yil 985

Qiziltepa tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda ko‘plab murojaatlar hal etildi

      Kimning hayotida muammo, tashvish yo‘q deysiz? Inson borki, hayotning turli sinovlariga uchrashi tabiiy. Ana shunday payt yordam uchun cho‘zilgan qo‘llar ko‘ngilga malham bo‘lsa, ne ajab. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sektor rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabulning navbatdagisi Qiziltepa tumanida bo‘lib o‘tdi. Navoiy viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev ham fuqarolarning tibbiy xizmat, moddiy yordam, elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar qatorida sud-huquq masalalariga oid 10 dan ortiq murojaatlarini o‘rgandi. Murojaatlarning aksari tibbiy yordam, jarrohlik amaliyotiga oid muammolar bo‘lib, ular sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi. Jumladan, “Zarmetan” mahallasida istiqomat qilayotgan Gulbahor Azizova 2 yoshli nabirasini jarrohlik amaliyotisiz davolab bo‘lmasligini aytdi. 

Qabulga kelganlardan Dilnavoz Cho‘liyeva farzandini davolatishda, Qunduz Bozorova ko‘z jarrohligida, shuningdek, Akobir Arslonov bandligini ta’minlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Boshqarma boshlig‘i tomonidan shu kabi ko‘plab murojaatlar hal etilib, ba’zilari tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga topshirildi va alohida nazoratga olindi.

 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech