“Yil ayoli” milliy tanlovida viloyat IIB xodimalari ham faol qatnashdi
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shayotgan qolaversa, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘layotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovini e’lon qilingan. Tanlovda 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.
Navoiyda ham mazkur ko‘rik tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 10 ta nominatsiya bo‘yicha g‘olib ayol-qizlar aniqlandi. “Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasida Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Gulbahor Usarova g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida Navoiy viloyati IIB nomidan MMI va KBTX boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha o‘rinbosari, mayor Sarvinoz Dushanova qatnashib, “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasida faxrli 2-o‘ringa munosib deb topildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati