8 Oktyabr 2024 yil 1733

Karmana tumani 3-sektor rahbari sayyor qabuli davomida probatsiya nazoratidagi yoshlar muammolarini ham o‘rgandi

Tuman IIB boshlig‘i hamda tashkilotlar mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi 30dan ortiq fuqarolar  o‘z murojaatlari bilan qatnashdi. Qabulda elektr tarmoqlaridagi uzilishlar, ichimlik suvi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy yordam hamda bandlik masalalari bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi. Shuningdek, qabul davomida tuman IIB JXX Probatsiya guruhi nazoratida bo‘lgan 5 nafar yoshlarning ham muammolari tinglanib ijobiy hal etish hamda ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech