29 Aprel 2024 yil 2193

Karmana tumani IIB xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi “Dolzarb 10 kun” doirasida tadbir tashkil etildi

Karmana tumani IIB xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtgan mazkur yigʻilishda ichki ishlar organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, bu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida soʻz bordi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 15-apreldagi tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida rahbar xodimlarning masʼuliyati va javobgarligini yanada oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili etildi. 

Bundan tashqari tadbir davomida tuman IIB shaxsiy tarkibi tomonidan bu borada amalga oshirilgan va kelgusida rejalashtirilgan ishlar muhokama etildi. Bu kabi tadbirlar xodimlarni xizmat intizomiga hamda qonunchilikka rioya etishlarida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech