20 Dekabr 2023 yil 2092

Karmana tumani IIB  huzuridagi tergov boʻlimi xodimlari tomonidan targʻibot tadbirlari olib borilmoqda

  Karmana tumani IIB  huzuridagi tergov boʻlimi xodimlari tomonidan yoshlarni jinoyatga qoʻl urmasliklari, huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha  muntazam targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.  Jumladan, tergov boʻlimi tergovchisi mayor Laziz Karimov tumandagi 2-maktab oʻquvchilari bilan shunday tadbir tashkil qildi. Unda bolalarga bilimlarni mustahkam egallashi, kelajakda yaxshi kasb sohibi boʻlish uchun harakat qilishlari, jinoyatga qoʻl urmasliklari, yoshlikda qilingan xato oqibati haqida tushunchalar berildi. Tadbir soʻngida bolalarni tergov sohasi boʻyicha qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech