Karmana tumani hokimligida kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi doirasida targʻibot tadbiri tashkil etildi
Bugungi kunda kompyuter va raqamlashtirilgan texnalogiyalar rivojlanib borayotgani yaxshi, albatta, ammo shu bilan birga undan jinoyat maqsadida foydalanayotganlar ham uchramoqda.
Shu kabi jinoyatlarni oldini olish hamda sohada eʼlon qilingan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”da fuqarolarni faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Karmana tumani hokimligida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan mahalla yettiligiga fuqarolarni ogohlikka undash, internet firibgarliklarining oldini olish, yaʼni ijtimoiy tarmoqlardagi oson va moʻmay pul topish kabi turli xil reklamalarga aldanib qolmasliklari tushintirildi. Shuningdek, oylik doirasida 13 yoʻnalishdagi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishni targʻib qiluvchi lavhalar, ijod naʼmunalari koʻrik tanlovi oʻtkazilish tartibi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axbarot xizmati