25 Sentyabr 2024 yil 738

Karmana tumani sektor rahbarlari probatsiya nazoratidagi yoshlar bilan uchrashdi

Karmana tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlari mahkumlar tomonidan jazoni ijro etilishini nazorat qilish bilan bir qatorda, ularni kasb-hunarga oʻqitish, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishga koʻmaklashishda ham tashabbus koʻrsatishmoqda. 

Xususan, bandlik koʻrsatkichini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlarini takomillashtirish maqsadida barcha sektor rahbarlari probatsiya nazoratidagi yoshlar bilan uchrashdi. Jarayonda mahkumlarning qiziqishlari va muammolarini oʻrgandi. Mahkumlarga  huquqiy maslahatlar berilib, tuman hududidagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech