12 Iyun 2024 yil
1854
Karmana tumanida IIB xodimlari “Qurbon hayiti” munosabati bilan faxriy ustozlar holidan xabar olishdi
Sohada faoliyat olib borgan hamda ravnaq topishiga hissa qo’shgan ustoz faxriylarni holidan xabar olish, ularni e’zozlash yosh xodimlarning burchidir. Xususan Navoiy viloyati Karmana tumani IIB xodimlari tomonidan ilgari shu sohada faoliyat olib borgan, iste’fodagi faxriylar holidan xabar olindi. Shuningdek, ijtimoiy yordam ko’rsatilib, muammolari tinglandi. Ayni paytda nafaqa gashtini surayotgan sobiq xodimlar ushbu sohada faoliyat olib borayotgan IIB xodimlariga kasb yuzasidan maslahat va o’gitlarini berishdi. Mazkur uchrashuvda faxriy ustozlar tomonidan berilgan beminnat tavsiyalari, yosh shogirdlarni sohaning fidoyi xodimi bo’lishida ijobiy ta’sir o’tkazishi shubhasiz.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati