14 Noyabr 2024 yil 2463

Karmana tumanida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabulda bir qator murojaatlar ijobiy yechim topdi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sektor rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda xalq bilan faol ochiq muloqot qilish asnosida inson huquq va manfaatlarini ta’minlash va ularni qiynab kelayotgan muammolarga huquqqiy yechim topish masalalari ustuvor bo‘ldi. Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari podpolkovnik Bahodir Ahmedov tomonidan ichki ishlar organlari faoliyati hamda bandlik, ijtimoiy yordam bilan bog‘liq 30ga yaqin murojaatlar o‘rganilib, jobiy hal etish choralari ko‘rildi. 

Bundan tashqari ijtimoiy turmush sabablariga ko‘ra muammoga uchrayotgan bir necha yoshlarning masalasi shu kunning o‘zidayoq ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha tekshiruv va o‘rganishlarni talab etadigan murojaatlar alohida nazoratga olindi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech