19 Sentyabr 2024 yil 595

Karmanada tadbirkor tabiiy gazga noqonuniy ulanib davlatga 513 mln 781ming so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlandi 

Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan. Ammo ularning ishlab chiqarish yoki aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq faoliyatida qonunlarimizni suiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Karmana tumanida Navoiy viloyati IIB jinoyat qidiruv xodimlari hamda Elektr energiyasi va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida xususiy korxona rahbariga tegishli qurilish ob’yektida, tabiiy gaz bilan ishlovchi jihozlarni hech qanday hujjatlarsiz, hisoblagich o‘rnatmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri noqonuniy ravishda ulab foydalanib kelayotganligi, buning natijasida davlatga 513 mln 781ming so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlandi. Tadbir davomida dalolatnoma rasmiylashtirildi va mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harаkatlari olib borilmoqda.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech