25 Aprel 2024 yil 703

Konimex tumani IIB xodimlari ishtrokida korrupsiyaga qarshi “Dolzarb 10 kunlik” tadbirlari tashkil etilmoqda

 Konimex tumani IIB xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi “Dolzarb 10 kunlik” munosabati bilan targʻibot tadbiri tashkil etildi. Unda soʻzga chiqqan viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyati boʻyicha masʼullar xodimlarga korrupsiya va uning oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdi. Shuningdek, pora olish va berish bilan bogʻliq har qanday holat uchun qonuniy javobgarlik mavjudligi taʼkidlandi. Bundan tashqari ichki ishlar xodimlari ota-onalariga murojaat qilinib  farzandlarini halol va masʼuliyat bilan ishlashda qoʻllab-quvvatlashlari aytildi.

Tadbir yakunida halol xizmati bilan boshqalarga naʼmuna boʻlayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalari mutasaddilar tomonidan taqdirlandi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech