14 Oktyabr 2024 yil 201

Konimex tumanida istiqomat qilayotgan faxriylar holidan xabar olindi

Sohada uzoq yillar xizmat qilgan ustoz faxriylar holidan xabar olish, ularga hurmat ko‘rsatish yosh xodimlarning ma’naviy tafakkuri yuksakligining yana bir na’munasidir. Xususan, Navoiy viloyati IIB faxriylar kengashi  a’zolari, Konimex tumani IIBning yosh vakillari  tumanda istiqomat qilayotgan, nogironligi mavjud bemor faxriylar xonadoniga borishdi. Ular bilan suhbatlashib, muammolari o‘rganildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj nafaqadagi faxriylar ro‘yxati shakllantirilib moddiy ko‘mak chora-tadbirlari ko‘rildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech