27 Iyun 2025 yil 588

Matbuot va OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar Navoiy viloyati IIB rahbariyati tomonidan taqdirlandilar

    Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, blogerlar, OAV vakillari, shuningdek IIB tizimida axborot sohasida xizmat qilayotgan xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda OAV xodimlarining tutgan o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, ichki ishlar tizimida olib borilayotgan islohotlar, muhim yangiliklar va ogohliklarning barchasi ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetib borayotganini alohida e’tirof etdi.

   Tadbir davomida bir guruh faol jurnalistlar va blogerlar Navoiy viloyati IIB rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tantanali uchrashuv samimiy muloqot, fikr almashinuvi va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech