30 Iyul 2024 yil
2211
Navbahor tumani IIB xodimlari ishtirokida xizmat intizomi talablariga rioya etish, jamoadagi sogʻlom maʼnaviy muhitni yaxshilash borasida seminar tashkil etildi
Navbahor tumani ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkib xodimlari bilan kasbiy madaniyat qoidalari va xizmat intizomi talablariga rioya etish, jamoadagi sogʻlom maʼnaviy-ruhiy muhit va ishchan kayfiyatni oʻrganish maqsadida Navoiy viloyat IIB xodimlari tomonidan maʼnaviy maʼrifiy ishlar olib borildi.
Xodimlarga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda oʻrnak boʻlishda rahbarlarning jomoadagi oʻrni va psixologik muhitni tahlil qilish maqsadida xodimlardan anonim soʻrovnomalar olib borilib, yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati