10 Sentyabr 2024 yil 946

Navbahorlik "mirishkor" 1145 tup giyohvand o`simligi yetishtirayotgani aniqlandi

Tomorqasida ekin ekib halol mehnati ortidan kun kechirayotgan insonlar talaygina. Ammo mirishkorlikni niqob qilib, o‘zining qing‘ir maqsadlarini amalga oshirishga uringan ayrim kimsalar ham borki, ularning hatti-harakatlari ko‘plab insonlarning umrini zavol ketishiga sabab bo‘lmoqda. 

Navbahorlik 50 yoshli  fuqaro ham o‘zining yashash xonadonida, ekinlar orasiga va qurilishi yakunlanmagan imorati ichida zahri qotilni yetishtirishga uringan. Tuman IIB Jinoyat qidiruv hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi xodimlari tomonidan olib borilgan “Qoradori-2024” tadbirida uning ham xonadoni ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar davomida fuqaro o‘ziga tegishli tomorqa yerida 1145 tup giyohvandlik o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi va holislar ishtirokida tegishli tartibda daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi. Qonunbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech