13 Noyabr 2024 yil 2483

Navoiy shahar IIB profilaktika inspektorlari uchun "E-ijtimoiy profilaktika" elektron platformasi bilan ishlash bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi

Navoiy viloyati hududida viloyat IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida  "Ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar bo‘yicha dasturi" ijrosi yuzasidan Navoiy shahar IIBda profilaktika inspektorlari bilan "E-ijtimoiy profilaktika" elektron platformasi bilan ishlash bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda “Ijtimoiy profilaktika”ning asosiy yo‘nalishlari, bu borada profilaktika inspektorlariga yuklatilgan vazifalar, shuningdek, amaliyotga joriy qilinayotgan yangi tizimning dolzarb ahamiyati, aholi bilan manzilli ishlashdan kutilayotgan ijobiy natijalar xususida suhbatlashildi. Seminar jarayonida elektron platformada ishlash tartibi yuzasidan ma’lumotlar hamda xodimlarni savollariga batafsil javob berildi. Xuddi shu kabi o‘quv-seminarlari barcha shahar-tumanlarda o‘tkazilmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech