16 May 2025 yil 880

Navoiy shahri mahallalari yettiligi ishtirokida seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi

  Fuqarolarning xavfsizligini ishonchli ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy shahrida mahallalar yettiligi vakillari bilan seminar mashg‘uloti tashkil etilib, "E- ijtimoiy profilaktika" elektron platformasi bilan ishlash bo‘yicha o‘qitildi. 

  Bundan tashqari seminar yakunida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech