14 Iyun 2024 yil 1847

Navoiy kon metallurgiya kombinatidagi IIB xodimlari ishtirokida “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom” oyligi doirasida tadbir tashkil etildi

Oila, jamoa, korxona va muassasalarda intizom bor ekan ish unumli va samarali boʻladi.  Xususan, “Qonuniylik taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida Navoiy kon metallurgiya kombinatidagi IIB xodimlari ishtirokida nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda. Unda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, korrupsiya, poraxoʻrlik va tamagirlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik, faoliyatda fuqarolar bilan xushmuomala boʻlish, shuningdek  xizmat hujjatlarini tartibli saqlash boʻyicha tushuntirishlar olib borildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Bundan tashqari avtomashinalarni texnik soz holatda foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma oʻtilib, yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarishlari uqtirildi. Oylik doirasidagi tadbirlar hududlar boʻylab davom etmoqda.


Navoiy viloyat IIB Axbarot xizmati

Text to speech