19 Iyul 2024 yil 1483

Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev raisligida viloyat hududida sodir etilayotgan yoʻl transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan tezkor yigʻilish tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.R.Bobojonov raisligida onlayn platforma orqali berilgan topshiriqlarga koʻra Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.D.Tasbayev JXX YHXB boshchiligida mutasaddi xodimlari bilan yigʻilish tashkil etildi. Unda viloyat hududida yoʻl transport hodisalarini oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash hamda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi lozim chora-tadbirlar yuzasidan suhbatlashildi. Bundan tashqari spitrli ichimlik taʼsirida avtomobil boshqarish, piyodalarga yoʻl bermaslik, yoʻlni qarama-qarshi tomonidan harakatlanish singari ogʻir turdagi qoidabuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish, avtohalokatlar sababi va omillarini bartaraf etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, soha samaradorligini oshirish maqsadida harakat ishtirokchilari hamda jamoatchilik bilan targʻibot-tashviqot ishlarni olib borish lozimligi uqtirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech