24 Iyul 2024 yil 1966

Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev huzurida “E-material” tizimida qayd etilayotgan jinoyat va hodisalar haqidagi arizalarni qonuniy koʻrib chiqish natijalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Dastlab, yigʻilishda fuqarolar tomonidan murojaat etilgan jinoyatlar haqida ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar boʻyicha “E-material” tizimining afzalliklari, qulayliklari, tezkorligi shuningdek, ortiqcha vaqt sarflashning oldini olishdagi ahamiyati haqida soʻz bordi. Shuningdek, tizimning yangi versiyasini amaliyotga keng joriy etilishida eʼtibor qaratilishi lozim jihatlar hamda arizalarni sifatli oʻrganib tizim samaradorligini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Yigʻilish yakunida viloyat IIB mutasaddi rahbarlari va tuman shahar Ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari bilan ijrochilik intizomini mustahkamlash boʻyicha qatʼiy chora-tadbirlar belgilab olindi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech