1 Iyul 2024 yil 1675

Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev hamda boshqa sektor rahbarlari ishtirokida Gʻozgʻon shahrida sud-huquq masalalari bo`yicha ommaviy sayyor qabul tashkil etildi

Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda kutilgan natijalarni berayotgani ayni haqiqat. Xususan, Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev va boshqa sektor rahbarlarining Gʻozgʻon shahridagi ommaviy sayyor qabuli sud-huquq masalalariga bagʻishlandi. Sayyor qabul davomida turar joydan hisobdan chiqarish, farzand taʼminoti uchun aliment undirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ID kartasi toʻlovi uchun moddiy yordam, sud hukmi bilan tayinlangan jazodan shartli ozod qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kredit olish kabi 20ga yaqin murojaatlar tinglandi.

Mazkur sayyor qabulda ishtirok etgan Gʻozgʻonlik fuqarolarning 10 nafarining murojaati ijobiy hal etilgan boʻlsa, yana 5 nafariniki muddat talab etgani bois mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi. 4 nafariga huquqiy tomondan yoʻl-yoʻriq koʻrsatildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech