7 Iyun 2024 yil 2099

Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev boshqarma binosida fuqarolarni qabul qildi

Fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat orqali ularning muammolarini tinglash shuningdek, joyida hal etish hudud osoyishtaligini taʼminlashda muhim omillardan hisoblanadi. Navoiy viloyati IIB boshligʻi polkovnik Azat Tasbayev boshqarma binosida murojaati bilan kelgan 10ga yaqin fuqarolarni qabul qildi. Murojaatlarning aksariyati bandlik masalasida boʻlib, ularning har birining maʼlumoti, malakasi va mutaxassisligi oʻrganilib mos ish oʻrinlariga joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar olib borildi. Murojaatchilardan birining muammosi joyida hal etilgan boʻlsa, 5 nafariga huquqiy tushuntirish berildi, 2 nafarining murojaati muddat talab etgani bois nazoratga olindi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech