3 May 2024 yil 1672

Navoiy viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Zohidjon Qayumov tomonidan viloyatning Navbahor tumani aholisi bilan sayyor qabul oʻtkazildi

Joylarda aholi muammolariga ijobiy yechim topishda koʻmaklashish, turmush sharoitlarini yaxshilash ayni davr rahbarlari oldidagi muhim vazifalardan biri. 

Xususan, Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi polkovnik Zohidjon Qayumovning Navbahor tumani aholisi bilan uchrashuvi ham ayni maqsadlarga yoʻgʻrildi. 

Mazkur qabul davomida tergovga qadar tekshiruv hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishlari va materiallar yuzasidan murojaat qilgan 9 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, muammolari oʻrganildi. Shundan 5 nafarining masalasi ijobiy hal etilib, qonuniy yechimini topdi.

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish, fuqarolarning ortiqcha ovvoragarchiliklariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini oʻz nazoratiga oldi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech