Murojaat aholining rahbar huzuridagi shunchaki tashrifi emas. Turmush hayotida uchragan va uni mustaqil hal eta olmagan muammolari bilan koʻmak istab kelishidir. Navoiy viloyati IIB boshligʻi fuqarolarning muammolarini tinglash va ularga ijobiy yechim topishda koʻmaklashish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabulini oʻtkazdi. Unda 10dan ortiq murojaatlar tinglandi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, tibbiy xizmatdan foydalanish, imtiyozli kredit ajratish hamda boshqa ijtimoiy muammolar boʻyicha murojaatlar koʻrib chiqildi. Ularning baʼzilari shu joyning oʻzida hal etilgan boʻlsa, aksariyati bajarilishi boʻyicha nazoratga olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: